Maguayr: "Biz yomon o‘ynasak ham Ronaldu baribir gol urardi"

  • 12 avgust, 22:48
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" himoyachisi Xarri Maguayr 2021/22 yilgi mavsumda Krishtianu Ronaldu bilan birga o‘ynagan davri haqida fikr bildirdi.

Tecno

"Jamoada Krishtianu bo‘lishi — ajoyib edi. U o‘ynadi, gol urdi — bu haqiqiy mo‘’jiza edi. Biz yomon o‘ynagan paytlarimizda ham u gol urardi. Bu uning qay darajada kuchli ekanini ko‘rsatadi. O‘sha mavsumda u albatta bizning eng yaxshi futbolchimiz bo‘lgan. Shunchaki, jamoa atrofidagi vaziyat va taktika ish bermadi", — deya ta’rif berib o‘tdi angliyalik himoyachi.

2021/22 yilgi mavsumda MYu Angliya chempionatida oltinchi o‘rinni egallagan. Ronaldu esa 39 o‘yinda 24 ta gol urgan. Hozirda u Saudiya Arabistonining "An-Nasr" jamoasida to‘p surmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!