Maguayr joriy mavsum haqida: "Ayb o‘zimizda, biz javobgarlikli o‘z bo‘ynimizga olishimiz kerak"

  • 16 may, 20:46
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xarri Maguayr "Manchester Yunayted" futbolchilari joriy mavsumdagi qoniqarsiz natijalar uchun javobgar ekanini ta’kidladi. Ayni paytda mankunianliklar APLda 16-o‘rinda bormoqda.

Tecno

"Premer-liga juda qiyin o‘tmoqda, buni yashira olmaymiz. MYudek klub uchun bu ayanchli natija.

Turnir jadvaliga qarash uyatli, ayniqsa biz – futbolchilar uchun. Javobgarlikni o‘z zimmamizga olishimiz kerak, chunki bizda ikki murabbiy bo‘ldi va o‘yinlarni yutish uchun ko‘plab imkoniyatlarga ega bo‘ldik. Shunday bo‘lsa-da, bu mavsumda biz etarli darajada yaxshi o‘ynay olmadik.

So‘nggi ikki oy, ayniqsa og‘ir bo‘ldi. Sababi, biz Evropa Ligasi bahslarida ishtirok etdik va APLda barqaror tarkibga ega bo‘la olmadik. Murabbiylar ko‘p narsani o‘zgartirishga majbur bo‘ldi, jarohatlar ham juda ko‘p bo‘ldi.

Javobgarlikni o‘z zimmamizga olishimiz kerak, chunki "Manchester Yunayted" kabi klub mavsum oxiriga ikki oy qolganida hech narsa uchun kurashmasligi mumkin emas.

Bu bizning aybimiz, javobgarlik bizda. Bu, albatta, qabul qilib bo‘lmaydigan holat. Biz aybdormiz va aniq bilamanki, kelasi mavsumda ancha kuchli bo‘lib qaytamiz", – dedi "Manchester Yunayted" himoyachisi Sky Sports'ga bergan intervyusida.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!