
Mahmud Angliyaga yo‘l oladi
Dortmundning “Borussiya” klubi bilan shartnomasi yakunlanib borayotgan Mahmud Dovud faoliyatini Angliya Premer-ligasida davom ettirishi mumkin. Bu haqda mashhur insayder Nikolo Skira xabar berdi.
27 yoshli futbolchini “Brayton” klubi erkin agent sifatida o‘z safisha qo‘shib olmoqchi. Germaniyalik futbolchi aslida Myonxengladbaxning “Borussiya” jamoasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.
U 2017 yili Dortmund klubiga ko‘chib o‘tgandi. So‘nggi paytda elkasidagi jarohat tufayli etarli daraja o‘yin amaliyotiga ega bo‘la olmadi. Joriy mavsumda Mahmud atigi o‘nta uchrashuvda qatnashdi xolos.
Asosan tayanch yarim himoyachisi hisoblangan Mahmud Dovud Germaniya terma jamoasi safida ham ikki marta maydonga tushgan.
Fikrlar