Mahmud Muradovning sevimli mashinasi, Hamzat Chimaev haqidagi fikrlari yoxud rus nashriga bergan intervyuning 2-qismi

  • 27 avgust, 2021, 18:03
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

Rossiyaning mashhur "Sport ekspress" nashri hamyurtimiz Mahmud Muradov bilan qiziqarli suhbat uyushtirganini ma’lum qilganmiz va uning tarjima tarzdagi variantini qismlarga bo‘lgan holda,  e’tiboringizga havola etib bormoqdamiz. Birinchi qismini taqdim etgandik. Navbat 2-qismga...

Tecno

Hamzat Chimaev Habib Nurmagomedov jamoasi bilan ijtimoiy tarmoqlarda tortishib qolishi va uning «Biz birga-bir jang qilamiz, bitta odamga guruh bo‘lib yopishmaymiz» degan gapiga munosabati. Chimaevni hurmat qilishi haqida.

— Sizni Hamzat Chimaev Djerald Meershartni 17 soniyada nokaut qilgani hayron qoldirganmi?

— Yo‘q, nima uchun? Bu jiddiy vazn va Hamzatda kuchli zarba bor. Shu sababdan u raqibni nokaut qildi.

— Meershart qanday xatoga yo‘l qo‘ydi? Axir, jangning faqatgina boshi ediku.

— Bilmadim, balkim hayajonlangandir. Meershart nomdor jangchilarga qarshi kam jang qilgan. Santos faoliyatining boshida unga qarshi jang qilgan. Ammo, bu mana shu kuchga to‘lgan Santos emasdi. Qolgani debyutant yoki ikkita-uchta jang o‘tkazgan tajribasizlarga qarshi kechgan.

Siz Chimaevni qanaqadir ekstraordinar talant sohibi sifatida bilasizmi? Inson qanday qilib barcha janglarni muddatdan oldin yutishi mumkin?

— Habib bilan bo‘lgan voqealar natijasida unga ko‘p negativlar yog‘ildi. Menga bu masalada gapirish uchun hali erta deb o‘ylayman. Ammo, men u bilan bitta dinga e’tiqod qilishim va ruhiy barqaror jangchi bo‘lgani uchun hurmat qilaman. Uni mashg‘ulot o‘tkazadigan partnyorlari "shudgor" deb atashar ekan. Haqiqatdan ham, shu shudgor misoli barchani tekislab kelyapti.

Aytganingizdek, Meershartda g‘alaba qozonish uchun faqat gilotina bor. Xo‘sh, siz bunga qanaqa qarshi tura olasiz?

— Hayotimda hech qachon hozirgi kabi gilotinadan himoya bo‘yicha mashg‘ulot o‘tkazmaganman (kuladi). Jarayonni yaxshilab kuzatib, asosiysi — o‘sha vaziyatda turishga harakat qilmaslik, ikkinchidan — qulfda bo‘lgan payting to‘g‘ri himoyalanish kerak. O‘zi har bitta usulga tushib qolish himoyani kechroq boshlash natijasidir.

Rekordingizda 6 ta uchinchi raundda amalga oshirilgan nokaut bor ekan. Bu uslubni Yoel Romero jang so‘nggida charchagan holatda raqiblarni nokaut qilgan holda ko‘p foydalangan. Siz bu holatni qanchalik o‘zlashtirgansiz?

— Bilmas ekanman (kuladi). O‘ylashimcha, yaxshi futvorkim bo‘lgani sababli doimiy harakatdaman. Kuchim esa hech qachon o‘chib qolmaydi — birinchi, uchinchi, beshinchi raunddayam o‘sha Muradov bo‘lib qolaman.

mexmet1

— Tez-tez parvozdagi tizzaga murojaat qilasiz. Masvidal Askren bilan jangdan oldin kuniga 30 daqiqa bu zarba ustida ishlagan ekan. Siz bunday zarbaga qanchalik e’tibor qaratasiz?

— Ha, onda-sonda bu zarbadan foydalanaman. UFCga o‘tgunimcha ham bundan faol foydalanganman. Chunki, bu zarba jangni chiroyli qiladi. Odamlarga qiziq janglar kerak.

«Bentli» uzoq yo‘llar uchun qulay, «Rolls-Roys» — esa shahar uchun»

O‘rta vaznda faqatgina Adesanya (5,4 mln) va Chimaevning (2,7 mln) Instagram obunachilari siznikidan ko‘proq. Qachon 100 minglik ko‘rsatkichga erishganingizni eslay olasizmi?

— Rostan ham, vaznimda faqat Adesanya va Chimaevdan ortdamanmi? 100 mingni eslay olmayman. Ammo, 1 mln. bo‘lgan payti esimda. Karantinda edik. Men koronavirusga chalingandim, obunachim esa million bo‘lgandi. Qanaqadir quvonch, qanaqadir qayg‘u.

— Eng ko‘p ko‘radigan postlaringiz mavzusi?

— Mashinalar!

— Sizda «Bentli» va «Rolls-Roys» bor. Umuman ushbu lyuks-mashinalardan qay biri siz uchun qulay?

— Ikkilasiyam qulay: dushanbada — «Bentli», seshanbada — «Rolls-Roys» haydashim mumkin (kuladi). Uzoq yo‘lga «Bentli» qulay. Shaharga — «Rolls-Roys».

— Qachonlardir xeyterlarni blokllaganmisiz? Nima sababdan?

— Tez-tez bo‘lib turadi. Ammo, ularni birdan bloklashga emas, to‘g‘ri gaplashib olishga harakat qilaman. Masalan, yaqinda bittasi: «UFC’ga loyiq jangchi emassan, adashib borib qolgansan» dedi. Unga quyidagicha javob berdim: «Bir bo‘lar, ikki bo‘lar. Uch marta ham tasodifan bo‘ladimi?». Keyin u javob berdi: «E, aka, uzr. Javob berasiz deb kutmagandim». 90% holatlarda xeyterlarni fikri o‘zgargan.

Trevor Smitga qarshi jangdagi nokaut — yilning eng chiroyli nokautlaridan biri bo‘lgan. O‘sha jangda nimani to‘g‘ri amalga oshirdingiz?

— Ikkinchi raundda overxend bilan unga yaqinlashdim va manzilga etkaza olmadim. Keyin korpusga urganimda tushundimki, u qo‘lini tepaga ko‘tarishda oqsar ekan. Burchagimdagilar ko‘rsatmasi bilan unga shu taktika bilan hujum qildim va uni nokautga uchratdim.

Mahmudjon Jabborov tarjimasi

«Sport-Ekspress» nashri Mahmud Muradov bilan bo‘lajak jang, «Bentli» hamda «Rolls-Roys» superkarlari va boshqa qiziqarli mavzularga oid suhbat qurdi (1-qism)

Mahmud Muradovga Floyd Meyvezerning qimmatbaho sovg‘a hadya qilishi, Rossiyada ko‘chaga haydalgani yoxud rus nashriga bergan intervyuning 3-qismi

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!