Mahrez do‘pposlangan singillariga yordam bera olmadi (foto)
“Manchester Siti” yarim himoyachisi Riyad Mahrezning singillari – Dunyo va Ines o‘zlarining Parijdagi salonida noma’lum shaxslar tomonidan kaltaklandi.
Ma’lumotlarga qaraganda, janjalga kosmetika muolajalarini olgan mijoz qizning xizmat haqini to‘lamagani sabab bo‘lgan. Shundan keyin salonga 12 nafar erkak bostirib kelib, salon egasi bo‘lgan qizlarni va boshqa xodimlarni do‘pposlab ketgan, salon jihozlariga ziyon etkazgan.
- Biz hayratda qoldik va jarohatlandik.. Nega unday qilishganini men bilmayman. Balki biz Mahrezning singillari bo‘lganimiz uchundir. Ular baqirib, hammani haqorat qilishdi. Hech kimni va hech narsani ayashmadi. Bittasi meni bo‘g‘di, boshqasi Inesni oyog‘iga tepib yiqitdi. Biz hurmatga loyiq ishlab o‘rganganmiz, - dedi Daryo.

Riyod Mahrezning o‘zi bu vaziyatda singillariga yordam bera olmadi. Unda koronavirus aniqlangani bois 7 sentyabrdan beri qat’iy karantinga olingan.
Fikrlar