
Makgregor Meyvezerdan rad javobini oldi
Engilmas amerikalik bokschi Floyd Meyvezer MMA qoidalari bo‘yicha Konor Makgregor bilan jang qilmaydi. Sobiq bokschi irlandiyalik sportchining bu boradagi taklifiga rad javobini bergan.
– Men allaqachon Makgregorni mag‘lub qilganman. Biz basketbol o‘ynashimiz mumkin, biroq MMAda jang qilmaymiz, – deya Meyvezerning so‘zlarini keltiradi MMAJunkie nashri.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq irlandiyalik jangchi Meyvezerni MMA qoidalari bo‘yicha ringga chaqirgan edi. 2017 yil avgustida Meyvezer va Makgregor boks qoidalari bo‘yicha jang qilgan va o‘shanda Floyd 10-raundda raqibini texnik nokautga uchratgan.
Meyvezer professional ringda 50 jang o‘tkazib, barchasida g‘alaba qozongan.
Fikrlar