Maksim Shatskix: "Bunday joyda o‘ynashga qaror qilingan ekan, chimni yaxshi holatda ushlash kerak"

  • 7 noyabr, 2023, 21:54
  • Suhrob Xolbekov
  • 3
  • Futbol
CHERY AUTO

OChL 4-turidan o‘rin olgan "Axal" - "Paxtakor" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi va unda jamoalar 1:1 hisobida durang o‘ynadi. O‘yindan keyin Maksim Shatskix matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Tecno

"Natijadan qoniqmadim, bizga g‘alaba zarur edi. O‘yin oxirida qiyin vaziyatdan chiqib ketishga urindik. Shunday ajoyib stadionda tabiiy chim yoki hech bo‘lmaganda sifatli sun’iy chim yo‘qligi ajablanarli. Bunday joyda o‘ynashga qaror qilingan ekan, chimni yaxshi holatda ushlash kerak. Evropada ham ba’zida bunday maydonlarda o‘ynaladi, ammo sifati juda yaxshi. Bu maydon juda qattiq. Kamchilikda qolgan bo‘lsak-da, oxirgi daqiqalarda o‘yinni o‘zgartirishga intildik. Vaziyatlarimiz bo‘ldi, lekin aniq zarbalar yo‘llay olmadik. Mezbonlar kutilmagan narsa bilan hayron qoldirishmadi, kutilganidek harakat qilishdi".

"Kam bo‘lib qolganimizdan keyin hujumni jonlantirish uchun hujumkor futbolchilarni tushirdim. Qizil kartochka borasida e’tirozim yo‘q. Hakam VARni ko‘rgani borayotganda yordamchilarimga maydondan chetlatish bo‘lishini aytdim. O‘yindan keyin bu vaziyat uchun Odil do‘stlaridan uzr so‘radi", - Shatskix

Eslatib o‘tamiz, ayni paytda "Paxtakor" 4 ochko bilan guruhida 2-o‘rinda turibdi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Achilov Bahodir
07/11/2023 22:01
Haqiqatdan Terma jamoamiz murabiyi maydonni yaxshilab o'rganmasa milliy jamoamizga qiyin bo'ladi maydonni xolati judayam yomon. Keyingi hafta shu stadionda bosh jamoamiz o'ynaydi.
Ishoq Ruziev
07/11/2023 22:41
Jamoaga raqibning kuchsizlanishi kerak, shunday ekan sen ham xoxlasang bitonka stadionda 6yinlaringni o'tkaz
Fahriddin
07/11/2023 22:12
Usiroq kutga arpa bahona