Maksim Shatskix: "Bunday maydonda chiroyli futbol o‘ynash qiyin"

  • 15 avgust, 2024, 22:54
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston Kubogi chorak finalida "Paxtakor" "Bunyodkor" maydonida mezbonlarni 1:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratib yarim finalga yo‘l oldi. O‘yindan keyin "Paxtakor" ustozi Maksim Shatskix matbuot anjumanida ishtirok etdi. 

"Haqiqiy Kubok o‘yini bo‘ldi. Derbiga xos bahs kechdi. Vaziyatlarni ko‘p yuzaga keltirdik, biroq ulardan foydalanishda xatolar uchradi. Endi ikki kundan keyin o‘tadigan uchrashuvga tayyorlanamiz. Maydon holati yaxshiroq o‘ynashga yo‘l qo‘ymadi. Bunday maydonda chiroyli futbol o‘ynash qiyin. Asosiy bo‘limlarda gol ura olmaganimiz tufayli yana yarim soat ter to‘kdik. 

Alijonovni maydon sifati yomonligi sababli asrashga qaror qildik. Ibragimov esa oyog‘idagi og‘riqdan shikoyat qildi. Uni shu sababli almashtirdik. Mahammadjonov avvalgi o‘yinda kichik jarohat olgan.

Hamraliev o‘ng qanotda yaxshi o‘yin ko‘rsatdi. U hujumlarda ham faol ishtirok etishga intildi. Barcha futbolchi taktik ko‘rsatmalarni yaxshi bajardi".

"Paxtakor" matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!