Maksim Shatskix: Natijani o‘yindan keyin bilib olamiz

  • 23.08.2023 19:21
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Ertaga Jizzax shahrida "Nasaf"ga qarshi bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Superkubogi bahsi oldidan "Paxtakor" ustozi Maksim Shatskix matbuot anjumanida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

- Ertaga o‘yin qiziq bo‘lishi aniq. Biz chiroyliroq futbol o‘ynash uchun bor salohiyatimizni ishga solamiz. Umid qilamanki, o‘yin muxlislarga yoqadi. Muxlislarni stadionda kutib qolamiz va biz maydonda chiroyli futbol namoyish etamiz. Natijani esa o‘yindan keyin bilib olamiz.

Har bir sovrin futbolchi va murabbiylar uchun juda muhim. Sovrin tarixda qoladi va ushbu sovrinni qo‘lga kiritish uchun bor kuchimizni ishga solamiz. Ertaga kubok finali va ushbu sovrinni hech kim raqibga berib yuborishni xohlamaydi. Ertaga sifatli o‘yin va o‘zimiz istagan natijaga erishamiz degan umiddaman.

O‘z rejamni aytib qo‘yishim mantiqqa to‘g‘ri kelmaydi. Tarkibni o‘yindan avval aniqlayman. Chempionat va kubok bahslarini solishtirish noto‘g‘ri deb o‘ylayman. Chempionat uzoq vaqt davom etadigan musobaqa, kubok bahslari esa xatoni kechirmaydi va bor-yo‘g‘i bir o‘yin o‘tkaziladi. O‘yinga tayyorgarlik ham boshqacha bo‘ladi. Ertaga "Paxtakor" namoyish etadigan o‘yin bir hafta oldingi o‘yindan farq qiladi.

"Paxtakor" matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!