Malayziya ustozi: "Ulardan ko‘p narsa o‘rganishimiz lozim"

  • 10 oktabr, 2021, 02:37
  • Karim Xudayqulov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston Milliy terma jamoasi kecha Malayziyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushdi va yirik 5:1 hisobida g‘alaba qozondi. Ushbu uchrashuvdan so‘ng Malayziya bosh murabbiyi Tan Cheng Ho hamyurtlarimiz haqida fikr bildirdi.  

Tan olish lozim, O‘zbekiston terma jamoasi bizdan ancha kuchli. Bugungi o‘yin buni yana bir bor isbotladi. Shu sababli, ulardan ko‘p narsa o‘rganishimiz lozim.

O‘yinga to‘xtaladigan bo‘lsam, barcha aspektlarda raqib faolroq bo‘ldi. Mayda paslar, o‘zaro hamjihatlik va jismoniy holat taraflama ular bizdan bir bosh baland ekanligi ko‘zga tashlanib qoldi. Aslida, bu kabi uchrashuvlar bizga kerak. Futbolchilarimiz kuchli raqiblar bilan o‘yinda toblanadi", - dedi Malayziya ustozi. 

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Бухорий Шариф
10/10/2021 10:26
Турли ҳел савиядаги термалар билан ўртоқлик учрашувларини кўпроқ ташкил қилиш керак. Бу жуда тўғри йўл. Бирида футболчилар ўз кучларига бўлган ишончни орттириб олишса, бирида тажриба тўплаб боришади. Бу асқотади керакли ўйинларда. Омад МТЖ га.