
“Malmyo” muxlislari: Ibragimovich bir tizzada ham o‘ynay oladi
Shvetsiyaning “Malmyo” klubi muxlislari “Manchester Yunayted”ning jarohatlanib, uzoq muddatga safdan chiqqan hujumchisi Zlatan Ibragimovichni qo‘llab-quvvatladi.
Muxlislar “Yurgorden”ga qarshi(3:2) bahsda Zlatanga atalgan bannerlar ko‘tarib chiqishdi. Unda “Xo‘sh, Zlatan – sen Shvetsiya chempionatida bir tizzada ham o‘ynay olasan”, degan yozuvlar tushirilgan edi.
Ma’lumot uchun, Zlatan futbolchilik faoliyatini aynan “Malmyo”da boshlagan.
Fikrlar