Mamlakatimiz tashabbusi bilan og‘ir atletika bo‘yicha jahon yulduzlari ishtirokida onlayn xalqaro musobaqa o‘tkazilmoqda

BEPUL PROPAN

Og‘ir atletika olamida yurtimiz tashabbusi bilan tashkil qilinayotgan “O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligi kubogi” onlayn xalqaro turniriga bo‘lgan qiziqish kundan kun ortib bormoqda. 28-30 avgust kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan musobaqada qatnashish istagini bildirayotgan davlatlar soni ham ortib bormoqda. Ayni paytda kelib, 27 mamlakatdan talabnomalar kelib tushgan. Ular orasida jahon miqyosida ko‘zga ko‘ringan yulduz atletlarni ham uchratish mumkin. Keling, avvalo, ishtirok uchun shu paytgacha rasmiy ro‘yxatdan o‘tgan mamlakatlarni sanab o‘tsak:

Avstraliya
Ozarbayjon
Boliviya
Kanada
Xitoy
Kolumbiya
Ekvador
Gonduras
Qozog‘iston
Kiribati
Saudiya Arabistoni
Qirg‘iziston
Latviya
Nauru
Yangi Gvineya
Yangi Zelandiya
Nikaragua
Paragvay
Peru
Qatar
Ruminiya
Turkiya
Ukraina
Urugvay
AQSh
Venesuela
O‘zbekiston

Musobaqada ishtirok etadigan eng mashhur xorijlik 5 sportchi:

FISh Mamlakat Vazn toifa Yoshi Yutuqlari
1 Zulfiya Chinshanlo Qozog‘iston -55 kg 27 3 karra jahon chempioni
2 Li Venven Xitoy 87+ 20 Jahon chempioni
3 Kan Yue Xitoy 87+ 28 4 karra jahon chempionati sovridori
4 Luis Moskera Kolumbiya -67 25 Rio-2016 sovrindori
5 Dmitro Chumak Ukraina -109 30 2 karra jahon chempionati sovridori

Terma jamoamiz tarkibi:
-55 kg: Muattar Nabieva
-59 kg: Nigora Abdullaeva
-71 kg: Kumushxon Fayzullaeva
-81 kg: Tursunoy Jabborova
-67 kg: Adhamjon Ergashev
-89 kg: Sarvar Zafarjonov
-102 kg: Farhod Sobirov
-109 kg: Akbar Jo‘raev

Reglamentga ko‘ra, musobaqada ishtirok etish istagini bildirgan terma jamoalar 14 avgustgacha o‘z talabnomalarini jo‘natishlari mumkin. Shundan so‘ng barcha vazn toifalari va musobaqa taqvimi, ishtirokchilar shakllantirib olinadi. Qayd etish joiz, bellashuvlarning boshlanish soati Toshkent vaqti bilan belgilanadi. Misol uchun, Toshkent vaqti bilan 14:00 ga belgilangan bahsda Lotin Amerikasi mamlakati vakillari o‘zlarining vaqti bilan qatnashadi. Bunda ularda taxminan tungi 02:00 bo‘ladi. Shunday noqulayliklar yuzaga kelsa ham, aytib o‘tganimizdek, bo‘lajak musobaqaga qiziqish ulkan va terma jamoalar ish talabnomalarini jo‘natishda davom etmoqda.

Qayd etish joiz, hozirda mazkur turnirni “Sport” telekanalida jonli efirda namoyish qilish bo‘yicha ish olib borilmoqda.

Manba: olympic.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!