Mana qahramonlik! "Metallurg" xodimi bir bolaning hayotini saqlab qoldi

  • 28.06.2024 15:40
  • Suhrob Xolbekov
  • 1
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Metallurg” FK xodimi Daniel Korshunov har kuni ertalab va kechqurun klub qarorgohi yonidan o‘tuvchi kanal bo‘ylab sayr qilishga odatlangan. Uni yaqin atrofda yashaydiganlarning barchasi yaxshi tanib qolishgan.

Kecha ham odatga ko‘ra sayrga otlandi. Bu gal “progulka”ga hamkasbini ham chorladi. Suv yoqalab ketishayotganida birdan kimningdir kanalda bir ko‘rinib, bir ko‘rinmay cho‘kayotganligiga ko‘zlari tushishdi. Daniel o‘ylab o‘tirmasdan o‘zini kanalga otdi. Suv o‘zani taqsimlanadigan hududmasmi, shitobi tez, o‘pqon kishini domiga tortadi. Daniel cho‘kayotgan bolaga bir zumda etib bordi va uni qirg‘oq tomon sudradi. Kanal cheti suv qoldiqlari bois sirpanchiq holatga kelib qolgan. Qo‘rquvga botgan bolakay esa yanada og‘irlashib ketgan. Uni amallab qirg‘oqqa uzatdi. Ammo o‘zi holdan toydi. Shunda yordamga etib kelganlar Danielga qo‘l uzatishdi. Qutqarish “operatsiyasi” muvaffaqiyatli yakunlandi...

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Begmatov Avaz
28/06/2024 15:45
Рахмат сизга Даниэл