Manba: Alvaresning jarimadan urgan goli bekor qilinishi kerak edi

  • 28 sentabr, 11:36
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

VARdagi hakamlar brigadasi Ispaniya chempionatining 7-turidan o‘rin olgan "Real"ga (5:2) qarshi o‘yinning 64-daqiqasida Madridning "Atletiko" klubi jarima hujumchisi Xulian Alvares tomonidan urilgan golda xatoga yo‘l qo‘ydi. Bu haqda hakamlikka ixtisoslashgan Archivo VAR'ning X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasi xabar bermoqda.

Tecno

Ta’kidlanishicha, argentinalik futbolchining zarbasidan oldin "matraschilar" himoyachisi Roben Le Norman hujumkor jamoa futbolchisi to‘p o‘yinga kiritilmaguncha "devor"dan kamida bir metr uzoqlikda bo‘lishi kerakligi haqidagi qoidani buzgan. Le Norman "jonli devor"ga yaqinroq joylashdi.

VAR hakamlari bu haqda uchrashuv bosh referisi Xaver Alberol Roxasni ogohlantirishi kerak edi. Qayd etilishicha, "qaymoqranglilar" o‘tkazib yuborgan gol qoidaga zid.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!