Manba: Eldor Shomurodovga Bundesliga klubidan jiddiy taklif bor (foto)

  • 01.09.2022 16:49
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 3
  • Futbol

O‘zbekiston terma jamoasi va Rimning “Roma” klubi futbolchisi Eldor Shomurodov faoliyatini Germaniya Bundesligasida davom ettirishi mumkin.

“Fussballeck.com” nashri xabariga ko‘ra, futbolchiga “Shtutgart” qiziqish bildirmoqda. Bundestim vakillari legionerimizni yaqinda “Vulverxemton”ga o‘tgan Sasha Kalayjichga o‘rinbosar sifatida ko‘rmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, shtutgartliklar futbolchining transferi borasida “Roma” bilan bog‘langan. Biroq hozircha transfer tafsilotlari ma’lum emas.

Eslatib o‘tamiz, Shomurodovga Italiyaning boshqa klublaridan ham taklif bor. Xususan, “Montsa” Eldorni o‘z safiga qo‘shib olishdan manfaatdor. Jurnalist Nikolo Skiraning xabar berishicha, italiyaliklar hujumchini ijaraga olmoqchi va hozirda rimliklar bilan muzokara olib bormoqda.

sht

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Fazliddin Azamxojayev
01/09/2022 16:56
U qiziqvotti bu qiziqvotti dib rosa jonga teydide shu bolayam tezro bitta joyga otmadi xar kuni 2ta kamanda qiziqadi eldorga
Khaydarov Fakhriddin
01/09/2022 17:09
Ростдан хам, качон караманг Шомуродов масаласи очик колиябти, ха деб чикаравермасдан, аник хабар чикдики кейин макола ёзинглар илтимос...
&
nazarov Muhammadmirzo
01/09/2022 17:04
Transferlar oynasi qachon va soat nechida yopiladi shuni aytib yuboringlar