Manba: Frattezi "Inter" bilan shartnomasini uzaytiradi
Milanning "Inter" klubi yarim himoyachisi Davide Frattezi klub bilan yangi shartnoma imzolaydi.
Tomonlar 2030 yilning o‘rtalariga qadar amal qiladigan kelishuv shartlari bo‘yicha deyarli kelishib oldi. Bu haqda insayder Nikol Skira xabar berdi.
25 yoshli futbolchining maoshi yiliga 3,4 million evroni tashkil qiladi. Davidening "Inter" bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilda tugaydi.
O‘tgan mavsumda yarim himoyachi Simone Indzagi jamoasida asosiy tarkibga kira olmagach, "neradzurrilar" safini tark etish niyatida ekanligi haqida matbuotda xabarlar tarqalgan edi. Biroq Kristian Kivu uning fikrini o‘zgartira oldi.
Fikrlar