Manba: Mareska "Manchester Siti" bilan muzokaralar olib borgan
The Athletic nashri jurnalisti David Ornshteynning xabar berishicha, Enzo Mareska "Chelsi" rahbariyatini ikki bor xabardor qilgan. Ilk marta oktyabr oyi oxirida, ikkinchi marta esa dekabr oyi o'rtalarida u "Manchester Siti" bilan bog'liq shaxslar bilan muloqot olib borayotganini ochiq aytgan.
Ma'lum qilinishicha, agar kelajakda "shaharliklar"da bosh murabbiylik lavozimi bo'shab qolsa, Mareska ushbu lavozimga da'vogarlik sifatida ko'rilishi mumkin.
Shuningdek, mutaxassisning "aristokratlar" bilan tuzgan shartnomasida alohida band mavjud bo'lib, unga ko'ra, agar u boshqa klub vakillari bilan muzokara olib borsa, bu haqida klub rahbariyatini oldindan rasmiy xabardor qilishi shart edi.
Aynan shu sababli Enzo Mareska o'z harakatlarini yashirmagan va "Chelsi"ni o'z vaqtida ogohlantirgan.
Ma'lumot uchun, bir necha soat avval italyalik mutaxassisni londonliklar ishdan bo'shatdi.



Fikrlar