Manba: "Roma" futbolchisi boshqa jamoaga o‘tdi

  • 1 iyul, 2022, 14:54
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Ayaks” darvozaboni Andre Onana va “Roma” yarim himoyachisi Genrix Mxitaryan “Inter”ga ko‘chib o‘tdi, deya xabar beradi A Seriya rasmiy sayti.

Tecno

26 yoshli kamerunlik va 33 yoshli armanistonlik milanliklar safiga erkin agent sifatida qo‘shilishdi. “Inter” futbolchilarning transferi haqida hali rasman e’lon qilgani yo‘q.

O‘tgan mavsumda Onana "Ayaks" tarkibida 10 ta o‘yinda maydonga tushib, 12 ta gol o‘tkazib yuborgan. Mxitaryan esa “Roma” safida 44 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 5 gol va 9 ta assistni yozdirib qo‘ygan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!