
Manba: Server Jeparov – "Lokomotiv" bosh murabbiyi
Avvalroq, "Lokomotiv" bosh murabbiy Denis Korostichenko bilan xayhlashgani haqida xabar berilgandi.
SPORTS.uz saytiga ma’lum bo‘lishicha, "temiryo‘lchilar"ning yangi murabbiyi Server Jeparov bo‘ladi. U bungacha "Loko"da sport direktori lavozimida ishlab kelayotgandi. Klubda shuningdek, Mirko Yelichich varianti ham bo‘lgan, biroq rahbariyat Jeparovni ma’qul ko‘rgan.
Ma’lumot uchun, "Lokomotiv" 16-turdan keyin 17 ochko bilan 10-o‘rinda bormoqda.
Fikrlar