“Manchester Siti” Semenyo tufayli bir oʻyinchi bilan xayrlashadigan boʻldi
“Manchester Siti” rahbariyati jamoa tarkibini oʻzgartirishda davom etmoqda. Yanvar oyidayoq katta transfer amalga oshirilib, Angliya Premyer-ligasi toʻpurarlaridan Antuan Semenyo Xosep Gvardiola ixtiyoriga keldi.
Bu transfer “shaharliklar”ning iqtidorli oʻyinchisi Oskar Bobbning klubdagi kelajagiga taʼsir qildi. Norvegiyalik futbolchi yetarli oʻyin amaliyotiga ega boʻlish uchun “Siti”ni tark etadigan boʻldi.
Bu haqida insayder Florian Plettenberg ijtimoiy tarmoqlar orqali xabar berdi.
Jurnalist maʼlumotiga koʻra, 22 yoshli futbolchining keyingi manzili Germaniya chempionati boʻlishi kutilmoqda. Oskar Bobb atrofidagi vaziyatni Dortmundning “Borussiya” klubi jiddiy kuzatmoqda va imkon tugʻilishiga bu tranferga qoʻl urmoqchi.
Bobbning bugungi kundagi bozor qiymati 25 million yevroga baholangan. Amaldagi shartnomasi 2029 yilning yozigacha tuzilgan.
Fikrlar