"Manchester Siti" 17 yoshli iqtidor uchun 45 million evro sarflamoqchi
"Manchester Siti" argentinalik vunderkind Franko Mastantuononi xarid qilish niyatida.
Evropa futbolining ko‘plab grand klublari 17 yoshli futbolchini anchadan beri kuzatib kelishmoqda. Biroq "River Pleyt" o‘zining porlayotgan yulduzini qo‘yib yuborish uchun taxminan 45 million evro miqdoridagi tovon pulini talab qilmoqda, bu esa potentsial xaridorlarni cho‘chitib qo‘ymoqda. Jurnalist Martin Liptonning xabar berishicha, "Manchester Siti" aynan shu banddan foydalanishga tayyor.
Franko Mastantuononing "River Pleyt" bilan shartnomasi kelasi yil oxirigacha mo‘ljallangan. "Transfermarkt" mutaxassislariga ko‘ra, argentinalik futbolchining bozor qiymati 15 million evroga teng.
Joriy mavsumda yosh hujumkor yarim himoyachi o‘z jamoasi safida 11 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol va 2 ta assist qayd etgan.
Fikrlar