«Manchester Siti» APL mavsumini ketma-ket olti g‘alaba bilan boshladi
Angliya Premier-ligasining 6-turida «Manchester Siti» safarda «Liverpul»ni 3:0 hisobida mag‘lub etdi. Shu tariqa, manchesterliklar joriy chempionatning dastlabki olti uchrashuvida ham g‘alaba qozondi.
Enzo Mareska shogirdlari ushbu g‘alabalar seriyasi davomida «Bornmut»ni (2:1), «Kristal Pэlas»ni (4:1), «Koventri Siti»ni (1:0), «Manchester Yunayted»ni (1:0), «Sanderlend»ni (5:3) va «Liverpul»ni (3:0) mag‘lub etdi.
Olti turdan keyin jamoaning to‘plar nisbati 16:5 ni tashkil etmoqda. «Manchester Siti» 18 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.
Keyingi turda «shaharliklar» 17 oktabr kuni o‘z maydonida «Ipsvich Taun»ni qabul qiladi.

Fikrlar