"Manchester Siti" "Barselona" ko‘zlagan futbolchi uchun kurashga qo‘shildi
"Ayaks" klubi xavbeki Frenki de Yong navbatdagi top klub qiziqishlar doirasiga kirib qoldi.
Mirror nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 21 yoshli gollandiyalik futbolchiga "Manchester Siti" klubi ham kurash boshlagan. Aytish lozimki, Frenki de Yongga bundan avvalroq Kataloniyaning “Barselona” klubi asosiy da’vogar sifatida tilga olinayotgan edi.
Ma’lumotlarga qaraganda ushbu futbolchining taxminiy transfer bahosi 55 million evroni tashkil etadi.



Fikrlar