“Manchester Siti” braziliyalik futbolchi olyapti

  • 16.01.2026 10:43
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Anliya Premier-ligasida chempionlik uchun kurashayotgan “Manchester Siti” tarkibini sezilarli darajada kuchaytirib borishga alohida e'tibor qaratmoqda. 

“Shaharliklar” himoya chizig'ini mustahkamlash uchun “Roma”da o'ynayotgan braziliyalik legioner Uesli Fransani yanvar oyidayoq o'z safiga qo'shib olishni maqsad qilgan. 

Bu o'yinchi “Siti”ning bugungi kundagi eng nozik nuqtasiga aylangan o'ng qanot himoyasiga olinishi mo'ljallanyapti. Bu haqida Globo xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, “Manchester Siti” skautlari futbolchini hali u “Flamengo”da o'ynagan davrlaridan beri kuzatib keladi va uni ishonchli variant deb hisoblaydi. Klub allaqachon transfer masalasida “Roma” bilan bog'lanib, bitim shartlarini o'rgangan. Manchesterliklar aniq harakatlari orqali Fransa uchun kurashdagi raqobatchilari – “Tottenxem” va “Nyukasl”ni ortda qoldirgan.

Biroq “Roma” rahbariyati o'z himoyachisini jahon chempionatigacha sotish niyatida emas.

Joriy mavsumda 22 yoshli himoyachi barcha musobaqalarda 23 ta o'yin o'tkazib, himoyadagi vazifalarini bajarishdan tashqari, raqiblar darvozasiga 3 ta gol urishni ham uddaladi. Transfermarkt uning qiymatini 35 million yevroga baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!