"Manchester Siti" darvozaboni MLSga yo‘l oldi
"Manchester Siti" posboni Zak Steffen faoliyatini MLSda davom ettiradigan bo‘ldi. U "Kolarado Rapids"ning yangi a’zosiga aylanish arafasida, deya xabar bermoqda insayder Fabritsio Romano.
Futbolchi tibbiy ko‘rikdan o‘tib bo‘lgan va transfer tez orada rasman e’lon qilinishi kutilmoqda. U klub bilan 3 yillik shartnoma imzolaydi. Shuningdek, bitimni yana bir yilga uaytirish imkoniyati ham bor.
2019 yilda "shaharliklar" safiga kelib qo‘shilgan Steffen turli hil klublarda ijarada o‘ynadi. To‘rt yarim yildan so‘ng u jamoani tark etmoqda.
Fikrlar