
"Manchester Siti" EChL finaliga qadar qanday yo‘lni bosib o‘tdi?
Bugun "Manchester Siti" EChL finalida "Chelsi" bilan kuch sinashadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 00:00da boshlanadi.
O‘yin oldidan jamoalarning finalga qadar bosib o‘tgan yo‘li haqida ma’lumot beramiz. Dastlab "Manchester Siti" haqida.
Xosep Gvardiola shogirdlari EChLda "Portu", "Olimpiakos" va "Marsel" bilan guruhdan o‘rin oldi. Kvartetda "shaharliklar" faqatgina "Portu"ga qarshi javob bahsida durang qayd etdi. Qolgan bellashuvlarda g‘alaba qozondi.
Guruh bosqichi
1-tur. Manchester Siti - Portu - 3:1
2-tur. Marsel - Manchester Siti - 0:3
3-tur. Manchester Siti - Olimpiakos - 3:0
4-tur. Olimpiakos - Manchester Siti - 0:1
5-tur. Portu - Manchester Siti - 0:0
6-tur. Manchester Siti - Marsel - 3:0
"Siti" nimchorak finalda "Borussiya M"ga qarshi maydonga tushdi. Angliyaliklar Germaniyadagi bahsda 2:0 hisobida zafar quchdi. "Shaharliklar" javob o‘yinida ham huddi shunday natija qayd etishdi.
1/8 final
Borussiya M - Manchester Siti - 0:2
Manchester Siti - Borussiya M - 2:0
"Manchester Siti" chorak finalda ham "Borussiya" bilan kuch sinashdi. Faqat bu gal Myunxen jamoasiga qarshi. Yana ham qiziq tomoni shundaki, inglizlar ikki uchrashuvda bir xil hisobda g‘alaba qozonishdi.
Chorak final
Manchester Siti - Borussiya D - 2:1
Borussiya D - Manchester Siti - 1:2
Yarim finalda "Manchester Siti" o‘ziga o‘xshagan puldor raqib bilan bellashdi. PSJ Parijda imkoniyatni boy berdi. Angliyada nimadir qilmoqchi edi-yu, lekin jamoadagi irodaning pastligi pand berdi. Gvardiola shogirdlari ikki uchrashuvda 2 tadan 4 ta gol urdi.
Yarim final
PSJ - Manchester Siti - 1:2
Manchester Siti - PSJ - 2:0
Turkiyadagi epidemiologik vaziyat tufayli hal qiluvchi bahs Portugaliyaga ko‘chirildi. Uchrashuv Portudagi "Dragau" stadionida o‘tkaziladi. O‘yin "Uzreport TV" orqali jonli efirda namoyish etiladi. Bellashuvni Xayrulla Hamidov va Hasan Turdialiev sharhlab boradi.
Final
Manchester Siti - Chelsi
Fikrlar