"Manchester Siti" endi "Chelsi"dan yuqorida turadi!
Kecha “Lester” safarda “Manchester “Yunayted” (2:1) ustidan g‘alaba qozondi va natijada "Manchester Siti" muddatidan avval chempionlikni qo‘lga kiritdi.
“Shaharliklar” uchun bu o‘z tarixlaridagi 7-chempionlik bo‘ldi. E’tiborlisi, “Siti” bu borada "Chelsi"ni ortda qoldirishga erishdi. “Aristokratlar” shu kungacha 6 marta Angliya chempioni bo‘lgan.
Bundan tashqari, "Manchester Siti" Angliya chempionatida eng ko‘p g‘olib bo‘lgan klublar reytingida "Sanderlend"ni (6) ham ortda qoldirdi va 5-o‘ringa ko‘tarildi. Bu borada “Siti”dan yuqorida "Manchester Yunayted" (20), "Liverpul" (19), "Arsenal" (13) va "Everton" (9) bor.
Xosep Gvardiola boshchiligidagi "Manchester Siti" so‘nggi 4 mavsumda 3-marta premer-ligada g‘olib bo‘ldi.

Fikrlar