"Manchester Siti" "Evro-2020"dan so‘ng Raximga yangi shartnoma taklif qiladi

  • 15 iyun, 2021, 16:43
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Siti" hujumchisi Raxim Sterling “shaharliklar” bilan shartnomani uzaytirishga yaqin turibdi, deb xabar bermoqda The Telegraph.

Tecno

Manbaning xabariga ko‘ra, ingliz klubi rahbariyati Evropa chempionati yakunlangandan so‘ng futbolchiga yangi mehnat shartnomasini taklif qiladi. Tomonlar o‘rtasidagi amaldagi kelishuv esa 2023 yilning yoziga qadar imzolangan.

26 yoshli angliyalik futbolchi o‘tgan mavsum premer-ligada jami 31 ta o‘yinda ishtirok etdi. U ushbu uchrashuvlarda 10 ta gol va 7 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Sterling o‘tgan mavsum “Manchester Siti” bilan birgalikda mamlakat chempioni bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!