"Manchester Siti" foydasiga penalti berilmadi (foto)

  • 05.03.2026 03:13
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

Angliya Premier-ligasining 29-turida "Manchester Siti" hamda "Nottingem Forest" oʻrtasidagi uchrashuv 2:2 hisobida yakunlandi.

Ikkinchi boʻlimga qoʻshib berilgan 3-daqiqada Rodri "Nottingem Forest" jarima maydonida zarba berayotgan paytda Elliot Andersen bilan toʻqnashuvdan soʻng yiqildi. Bosh hakam Darren Inglend 11 metrlik jarima belgilamadi, VAR ham ushbu vaziyatga aralashmadi.

Qayd etish joiz, ushbu epizoddаn bir necha daqiqa oldin "Nottingem" futbolchisi jarima maydonida Erling Holandni futbolkasidan ushlab qolgan edi, biroq hakam bu holatda ham qoidabuzarlikni qayd etmadi.

71-daqiqada esa darvozabon Mats Zels Holandning oyoqlariga tashlandi, ammo bu vaziyatda ham penalti tayinlanmadi.

869c7c3d044e0b77c15e0477ddc5b.jpeg?f=webp&q=90&s=2x&w=730

b1b62d905419b997c536415c66e8d.jpeg?f=webp&q=90&s=2x&w=730

fb28bbd624b1e9ebd8f51f301b301.jpeg?f=webp&q=90&s=2x&w=730

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!