"Manchester Siti" futbolchilari Gvardioladan norozi

  • 26 yanvar, 2023, 18:55
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Siti" jamoasida ichki muhit yaxshi emas. Jamoaning bir qancha futbolchilari jamoa ustozi Pep Gvardioladan norozi. Bu haqda ispaniyalik jurnalist Xose Alvares "El Chiringuito" telekanalida xabar berdi.
Norozi futbolchilar Ilkay Gyundogan, Kayl Uoker, Joau Kanselo, Bernardu Silva va Emerik Lyaport ekani qayd etilgan.

Tecno

Gyundoganning jamoa bilan shartnomasi kelasi yil yakuniga etadi. Rahbariyat ikki yildan beri shartnomani uzaytirish bo‘yicha muzokaralar olib borishmoqda va yaqinda Ilkayning vakili bo‘lgan amakisi "Barselona" bilan aloqaga chiqdi.

"Shaharliklar" rahbariyati Bernardu Silvaga bir necha oy davomida yangi shartnoma taklif qildi. Biroq portugaliyalik futbolchi yozda ketishni istagani uchun rad javobini berdi.

Emerik Lyaport ham xuddi shunday vaziyatda. U yozda ketish haqida o‘ylayapti. Unga Xavi jamoasidan chaqiruv bor. Kanseloga esa Italiyaning "Milan" klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Gvardiola shogirdlari hozirda APL turnir jadvalida 2-o‘rinda bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!