
“Manchester Siti” futbolchisi bilan shartnomani uzaytirmoqda
“Manchester Siti” Ilkay Gyundogan bilan 2026 yilgacha shartnomani uzaytirmoqda, deb xabar bermoqda Fabritsio Romano.
Ma’lum bo‘lishicha, “shaharliklar” germaniyalik yarim himoyachi bilan 2026 yilgacha shartnomani uzaytirmoqda. Ushbu taklif bo‘yicha yangiliklarni jamoa bosh murabbiyi Xosep Gvardiola tasdiqlab, o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
“Biz Ilkay bilan shartnoma bo‘yicha kelishuvga erishmoqdamiz. Gyundogan, Silva va bir necha muhim futbolchilar biz uchun kerakli hisoblanadi. Ular bizga hali hamon kuboklarni yutishishimiz uchun katta yordam beradi” – deya ta’rif berib o‘tdi, ispaniyalik mutaxassis.
Ma’lumot o‘rnida, 34 yoshli xavbek joriy mavsum manchesterliklar safida 37 ta bellashuvda ishtirok etib, 2 ta gol va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilgacha mo‘ljallangan edi.
Fikrlar