“Manchester Siti” futbolchisi haqida mish-mishlar o‘zini oqlamadi

  • 10 iyul, 2022, 19:10
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

“Manchester Siti” yarim himoyachi Bernardu Silva “shaharliklar” safini tark etish xaqida o‘ylamayapti. Avvalroq, ispan OAVda futbolchi ingliz klubidan ketmoqchi ekanligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Biroq yakunda bu mish-mishlar o‘zini oqlamadi va futbolchi “Etihad”dan ketish borasida o‘ylagani yo‘q.

Shuningdek, Bernardu Silva "Barselona"ga o‘tishi mumkinligi ma’lumotlar ham bor. Lekin bu xabarlar ham o‘z tasdig‘ini topmadi.

Bernardu 2017 yildan beri "Manchester Siti" sharafini himoya qilib kelmoqda. Futbolchi so‘nggi besh mavsum davomida “shaharliklar” safida 249 ta o‘yin o‘tkazib, o‘z hisobiga 48 ta gol va 50 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ygan.

Eslatib o‘tamiz, “Man Siti” yakuniga etgan mavsum Angliya Chempionligini qo‘lga kiritdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!