"Manchester Siti" futbolchisi jamoani tark etishga qaror qildi
"Manchester Siti" vingeri Oskar Bobb qishki transfer oynasidaёq jamoani tark etishi mumkin. Bu haqida "Fotball Insider" nashri xabar bermoqda.
Manba ma'lumotiga koʻra, Bobbni joriy transfer oynasidaёq "Siti"dan ketishi ehtimoli ortgan, chunki Antuan Semenyo jamoaga kelganidan soʻng uning asosiy tarkibiga kerishi yanada qiyinlashgan. Ayni vaqtda Oskarning xizmatlariga "Tottenxem", "Kristal Pэlas" va "Borrusiya Dortmund" jamoalari qiziqish bildirmoqda.
22 yoshli futbolchining "shaharliklar" bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning yozida yakuniga yetadi. Uning hozirda "transfermarkt" portalidagi narxi 25 million evroni tashkil etadi.
Eslatib oʻtamiz, norvegiyalik vinger joriy mavsum Gvardiola qoʻl ostida 15 ta uchrashuvda maydonda harakat qilib, 1 ta golli uzatma amalga oshirishga erishdi.
Fikrlar