
«Manchester Siti» futbolchisi kelajagi haqida bir qarorga keldi
«Manchester Siti» yarim himoyachisi Ilkay Gyundogan jamoa bilan shartnomasini uzaytirmoqchi. Nemis futbolchisi va «shaharliklar» o‘rtasidagi amaldagi kelishuv joriy mavsum oxirida yakuniga etadi.
"Fichajes"ning so‘zlariga ko‘ra, yarim himoyachi Germaniya terma jamoasi jahon chempionatini tark etganidan so‘ng, kelajagi haqida qaror qabul qila boshlagan. Ilkay hozirda u uchun ustuvor vazifa sifatida «Manchester Siti» bilan shartnomasini uzaytirish haqida o‘ylayapti.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Gyundogan «Barselona»ning asosiy transfer maqsadlaridan biri edi. «Ko‘k-anorranglilar» yarim himoyachini kelasi yozda tekinga o‘z safiga qo‘shib olish niyatida bo‘lgan, biroq endi bu qiyin masalaga aylanadi.
Fikrlar