"Manchester Siti" futbolchisi kelasi mavsum qaerda harakat qilishi bo‘yicha qaror qabul qildi

  • 20 iyun, 18:52
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Siti" jamoasining hujumkor yarim himoyachisi Bernardu Silva kelasi mavsum ham klubda qolishini ma’lum qildi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2026 yil yozida nihoyasiga etadi.

Tecno

"Yangi mavsumda men aniq "Manchester Siti"da bo‘laman. Qolaman. Ilgarigidek bu yil ham bir necha variantlar bor edi, ammo mening tanlovim — "Siti"da qolish" — deya iqtibos keltiradi futbolchining so‘zlarini jurnalist Ben Jeykobs.

Bernardu Silva 2017 yildan buyon "Siti" sharafini himoya qilmoqda. Joriy mavsumda u 49 o‘yinda 5 ta gol va 4 ta golli uzatma qayd etdi.

Shu bilan birga, mavsum yakunlangandan so‘ng futbolchiga Saudiya klublaridan yaxshi oylik maosh evaziga takliflar kelib tushgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!