“Manchester Siti” futbolchisini Ispaniyaga yuboradigan bo‘ldi

  • 24.12.2025 09:03
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Angliya Premer-ligasida chempionlik uchun kurashayotgan “Manchester Siti” mavsum boshida asosiy tarkibga kira olmagan iqtidorli yosh o‘yinchi Klaudio Echeverrini yana ijaraga jo‘natadigan bo‘ldi.

Argentinalik o‘yinchi mavsumning birinchi yarmini ijara asosida Germaniya chempionatida “Bayer” tarkibida o‘tkazdi. Leverkuzen jamoasida Echeverri 11 ta uchrashuvda ishtirok etib, bitta golli pas uzatdi.

“Bayer” rahbariyati 31 dekabrgacha mo‘ljallangan ijara shartnomasini uzaytirishni istamadi va futbolchini Manchesterga qaytarib yubordi.

Jurnalist Sesar Luis Merloning ma’lum qilishicha, “Manchester Siti” rahbariyati Klaudioni mavsum oxiriga qadar Ispaniya chempionatida ishtirok etayotgan “Jirona”ga yuboradigan bo‘ldi. Ispan klubi mavsum oldidan “shaharliklar”ning boshqa o‘yinchisi – Vitor Reysni ham ijaraga olgandi.

“Manchester Siti” Echeverrini 2024 yilning yanvarida Argentinaning “River Pleyt” klubidan 18,5 mln evroga sotib olgan va o‘tgan mavsum yakunigacha o‘z klubida qoldirgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!