"Manchester Siti"ga Italiyadan zo'r himoyachi keladi
"Atalanta"ga tegishli bo‘lgan italyalik yosh himoyachi Marko Palestra Angliya premer-ligasiga yo‘l olishi mumkin. TMW nashrining yozishicha, futbolchiga eng katta qiziqishni "Manchester Siti" bildirmoqda.
Avvalroq 21 yoshli futbolchini qo‘lga kiritish bo‘yicha asosiy da’vogар sifatida "Inter" tilga olinayotgan edi. Biroq milanliklar "Atalanta" bilan kelisha olmadi. "Inter" o‘yinchi uchun taklif etgan 40 million yevro miqdoridagi summa qabul qilinmadi, chunki bergamoliklar futbolchini taxminan 50 million yevro atrofida sotishni rejalashtirgan.
Shu sharoitda Marko Palestra uchun kurashda peshqadam sifatida "Manchester Siti" oldinga chiqdi. Manchester klubi iqtidorli himoyachini transfer qilish bo‘yicha muzokaralarni faollashtirishga tayyor ekani xabar qilinmoqda.
O‘tgan mavsumda italyalik futbolchi "Kalyari" tarkibida ijara asosida o‘ynadi va u yerda muntazam o‘yin amaliyotiga ega bo‘ldi.

Fikrlar