
“Manchester Siti” Gvardiola haydagan yoqmagan futbolchini yana qaytarib oladi
“Manchester Siti” rahbariyati “Aston Villa”da o‘ynayotgan braziliyalik yarim himoyachi Duglas Luisni yana o‘z safiga qo‘shib olishga harakat qilmoqda.
Duglas Luis 2017 yili “Vasko Da Gama” jamoasidan “shaharliklar” tarkibiga kelib qo‘shilgan edi. Biroq yosh futbolchining harakatlari Gvardiolaga ma’qul kelmadi va Luis ikki marta “Jirona”ga ijaraga jo‘natildi.
O‘tgan yozda “Manchester Siti” uni “Aston Villa”ga 19,3 million evroga sotib yuborgandi. Yakunlangan mavsumda 36 ta uchrashuvda ajoyib o‘yin ko‘rsatgan futbolchining o‘yini endi “shaharliklar”ga ma’qul kelib qoldi. “Aston Villa” Luisning badal pulini 33 million evro qilib belgilagan.
Fikrlar