"Manchester Siti" Gvardioladan keyingi variantlarni ko‘rib chiqmoqda
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola mavsum yakunlangach jamoani tark etishi mumkin. Xabarlarga ko‘ra, ispaniyalik mutaxassis hali yakuniy qaror qabul qilmagan va bu masalani keyinroq hal qilishga qoldirgan.
Shu bilan birga, klub rahbariyati Gvardiola ketishi ehtimoliga qarshi reja tuzishni boshlagan. "Goal" nashri "The Telegraph" manbasiga tayanib xabar berishicha, asosiy nomzodlar sifatida hozir "Bavariya"ni boshqarayotgan Vensan Kompani va Germaniya terma jamoasi murabbiyi Yulian Nagelsmann ko‘rilmoqda.
Ayni paytda "Manchester Siti" Angliya Premier-ligasi jadvalidа ikkinchi o‘rinda bormoqda. Jamoa peshqadam "Arsenal"dan 9 ochkoga ortda qolgan, shu bilan birga bir o‘yin kam o‘tkazgan.
Fikrlar