“Manchester Siti”: Hech qaerga ketmaysan, joyingda o‘tir!
“Manchester Siti”ning ikki darvozaboni – Jeyms Trafford va Shtefan Ortega joriy mavsumda etarli darajada o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish uchun qishki transferlar davrida boshqa klubga o‘tish masalasini o‘rtaga qo‘ygan edi.
Klub mutasaddilari bu masalaga e’tibor qaratdi.
Angliya matbuotining yozishicha, “shaharliklar” yoo‘da “Byornli”dan qaytarib olingan Jeyms Traffordni qo‘yib yubormoqchi emas. Aslida 23 yoshli golkiperga asosiy tarkibdan joy va’da qilingan edi.
Biroq klub yozgi transferlar oynasining oxirgi kunida Janluiji Donnarummani transfer qildi. Italiyalik darvozabon klubga kelishi bilan asosiy tarkibdagi yagona joyni o‘ziniki qilib oldi.
Zaxirada qolib ketayotgan Traffordga Angliya Premer-ligasida “Vulverxempton” va Evropaning bir necha klublari qiziqish bildirmoqda. Biroq, bosh murabbiy Xosep Gvardiola Traffordni saqlab qolishni istayapti.
Shtefan Ortega masalasida klub rahbariyatining maqsadi aniq. “Manchester Siti” joriy mavsumda birorta uchrashuvda ishtirok etmagan 33 yoshli posbonni boshqa klubga sotib yuborishga tayyor.
Fikrlar