"Manchester Siti" himoyachisi 15 million evaziga jamoani tark etishi mumkin

  • 20.01.2026 14:39
  • Abdukarim Atayev
  • 0
  • Futbol

"Inter" "Manchester Siti" himoyachisi Manuel Akanjini toʻlaqonli sotib olmoqchi. Bu haqida insayder Fabrizio Romano xabar bermoqda.

Manba maʼlumotiga koʻra, milanliklar Akanji boʻyicha bir qarorga kelgan. Klub rahbariyati ijara shartnomasida koʻrsatilgan 15 million yevro evaziga himoyachisini sotib olishni rejalashtirmoqda. Ayni vaqtda 30 yoshli futbolchi "neradzurrilar" safida ijara asosida harakat qilib kelmoqda. 

Manuelning hozirda "transfermarkt" portalidagi narxi 22 million yevroni tashkil etadi.

Eslatib oʻtamiz, shveysariyalik futbolchi joriy mavsum Italiya klubi safida 25 ta uchrashuvda maydonga tushishga erishdi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!