
"Manchester Siti" himoyachisi derbida rekord o‘rnatdi
Angliya chempionatining 31-turida markaziy bahs Manchester klublari o‘rtasida bo‘lib o‘tdi — “Manchester Yunayted” o‘z maydonida “Manchester Siti”ni qabul qildi.
O‘yinning birinchi daqiqasidayoq “shaharliklar” himoyachisi Ruben Diash sariq kartochka bilan ogohlantirildi — aniqrog‘i, bu holat 38-soniyada yuz berdi.
"Opta" ma’lumotlariga ko‘ra, u olgan sariq kartochka manchester derbisi tarixidagi eng erta ko‘rsatilgan ogohlantirish bo‘lib, bu kabi statistik ma’lumotlar yig‘ila boshlaganidan beri rekord hisoblanadi.
Eslatib o‘tamiz, uchrashuv gollarsiz durang bilan yakunlandi. O‘yinni angliyalik referi Jon Bruks boshqarib bordi.
Fikrlar