"Manchester Siti" himoyachisi klub yanada kuchliroq bo‘lishini aytdi

  • 15.12.2025 15:48
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol

"Manchester Siti" himoyachisi Ruben Diash "Kristal Pelas" (3:0) ustidan qo‘lga kiritilgan g‘alabadan so‘ng jamoasining hozirgi holati haqida fikr bildirdi.

"Hozir juda yaxshi holatda ekanimizni his qilyapman, ammo bundan ham ancha kuchliroq bo‘lishimiz mumkin. Yo‘lning 70 foizini bosib o‘tib, 30 foizi qolgani yoki 80 foizi ortda qolib, 20 foizi qolgani — farqi yo‘q, baribir yanada yaxshiroq bo‘lishimiz mumkin. Mavsumning aynan shu bosqichida buni anglash juda muhim.

Oldimizda o‘sish uchun imkoniyatlar borligini his qilaman. Shu bilan birga, hozirning o‘zida kuchli ekanimizni va raqobatlasha olishimizni ham tan olaman. Biz har bir o‘yinni alohida baholaymiz, uchrashuvdan uchrashuvga rivojlanishni istaymiz va aynan shu yo‘l bilan o‘z yo‘limizni qurayapmiz", — dedi Diash.

Ma’lumot uchun, hozir Xosep Gvardiola shogirdlari APL turnir jadvalida 34 ochko bilan 2-o‘rinda bormoqda va peshqadam "Arsenal"dan (36 ochko) attigi 2 ochkoga ortda qolmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!