"Manchester Siti" hujumchisi London klubiga yo‘l olish arafasida

  • 31.05.2026 15:43
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Manchester Siti"ning braziliyalik qanot hujumchisi Savio faoliyatini "Tottenxem"da davom ettirishi mumkin. Bu haqida jurnalist Ekrem Konur xabar berdi.

Manba ma'lumotiga ko‘ra, londonliklar 22 yoshli futbolchiga bo‘lgan jiddiy qiziqishini saqlab qolmoqda va transfer shu yozda amalga oshishi mumkin.

Avvalroq "Tottenxem" Savioni o‘z safiga qo‘shib olishga harakat qilgan edi. Biroq o‘sha vaqtda "Manchester Siti" bosh murabbiyi bo‘lgan Xosep Gvardiola bu transferga qarshi chiqqan.

Ma'lumki, ispaniyalik mutaxassis o‘tgan mavsum yakunlangandan keyin "shaharliklar"ni tark etgan.

Savio 2025/26 mavsumida barcha musobaqalarda 36 ta uchrashuvda maydonga tushib, 4 ta gol va 3 ta golli uzatma muallifi bo‘ldi.

Transfermarkt portali futbolchining bozor qiymatini 40 million yevro deb baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!