
"Manchester Siti" hujumchisiga narx belgiladi
Angliya termasi vingeri Jek Grilish bu yilgi transferlar oynasida "Manchester Siti"dan ketishi mumkin. Bu haqda "The Sun" nashri xabar berdi.
29 yoshli futbolchiga "Napoli", "Nyukasl" va Londonning "Tottenxem" klublari jiddiy qiziqish bildirmoqda. "Shaharliklar" esa Grilishni 46 million evro evaziga qo‘yib yuborishga tayyor.
O‘tgan mavsumda Jek "Siti" tarkibida 32 ta uchrashuvda ishtirok etib, 3 ta gol va 5 ta golli uzatma bilan jamoasiga yordam berdi.
Ma’lumot o‘rnida, futbolchining amaldagi shartnomasi 2027 yil yozigacha amal qiladi.
Fikrlar