“Manchester Siti” Husanov va Reys transferidan keyin yana himoyachi olmoqchi

  • 17 yanvar, 10:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

“Manchester Siti” rahbariyati joriy mavsumda kuzatilgan muvaffaqiyatsizlikdan keyin tarkibda jiddiy o‘zgarishlar qilishga bel bog‘lagan ko‘rinadi.

“Shaharliklar” qishki transferlar oynasi davrida ikki markaziy himoyachi – “Lans”dan Abduqodir Husanovni va “Palmeyras”dan Vitor Reysni transfer qildi. Tez orada bu ikki o‘yinchi yangi jamoasi uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tadi.

Taniqli jurnalist Janluka Di Martsioning ma’lum qilishicha, endi manchesterliklar”Yuventus”ning 24 yoshli himoyachisi Andrea Kambyazoni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Bu futbolchi himoyaning chap qanotida o‘ynaydi.

“Manchester Siti” italiyalik futbolchiga ham besh yillik shartnoma taklif qilmoqda. Turin klubini transferga ko‘ndirish uchun angliyaliklar 60-65 million evro miqdorida badal puli taklif qilmoqchi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!