“Manchester Siti” Italiyada o‘ynab yurgan Vinisiusni sotib olmoqchi

  • 14.02.2026 14:31
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol

"Roma"ning braziliyalik 22 yoshli himoyachisi Uesli Vinisius Angliya Premier-ligasining top-klublaridan birining safiga qo‘shilishi mumkin. Bu haqida Fichajes jurnalistlari xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, bu futbolchini "Manchester Siti" o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Ingliz klubi rahbariyati Ueslini sotib olish uchun 50 million yevro ajratishga tayyor.

O‘ng qanot himoyachi o‘tgan yilning yozidan beri Rim jamoasi safida to‘p surib kelmoqda. Tomonlar o‘rtasidagi amaldagi mehnat shartnomasi muddati 2030 yil iyun oyi oxirida tugaydi.

Uesli joriy mavsum "bo‘rilar" safida 29 ta o‘yinda ishtirok etib, 3 ta gol va 1 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.    

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!