
“Manchester Siti” Kevin de Bryuyne o‘rniga ikkita zo‘r futbolchi topdi
“Manchester Siti” rahbariyati yozda shartnomasi tugaydigan Kevin de Bryuynega o‘rinbosar qidirayotgan edi.
Hozirga kelib, belgiyalik pleymeykerga ikki o‘rinbosar topildi. “Shaharliklar” Bundesligada pishgan o‘yinchilarni nishonga olgan. ESPN nashriga ko‘ra, manchesterliklar birinchi nomzod sifatida “Leyptsig”da o‘ynayotgan Xavi Simonsni tanladi. Niderlandiyalik futbolchini olish oson bo‘lmaydi. Aslida PSJga tegishli hujumkor futbolchiga “Bavariya” va “Liverpul” ham jiddiy qiziqyapti.
Xavi Simonsning o‘zi kuchini Angliya Premer-ligasida sinab ko‘rishni istayotgani aytilmoqda.
Shuningdek, “Manchester Siti” mutasaddilari “Bavariya” o‘yinchisi Jamol Musialani ham o‘z safiga qo‘shib olishi mumkin. Germaniyalik futbolchi Myunxen superklubidan ketishga ko‘nsa, Evropaning bir necha klublari unga ish berishga tayyor turibdi.
Fikrlar