"Manchester Siti" Mark Gexi uchun muzokara olib bormoqda

  • 14.01.2026 00:43
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

Himoyadagi kadr muammolari "Manchester Siti"ni yangi futbolchi izlashga majbur qildi. Jurnalist Ben Jeykobs o‘z hamkasbi Aleks Kruk ma’lumotlariga tayan­gan holda, so‘nggi kunlarda "shaharliklar" va "Kristal Pэlas" o‘rtasida Mark Gexi bo‘yicha muzokaralar bo‘lganini xabar qildi.

"Manchester Siti" yanvar oyida 25 yoshli Gexiga shartnoma taklif qilishga tayyor. Klub umid qiladiki, transfer oyi davomida "Kristal Pэlas" 35 million funt (taxminan 40 mln yevro)lik talabini kamaytiradi.

Klub Gexini yozda erkin agent sifatida yo‘qotmaslik uchun sotishga tayyor. Londonliklarning talablari esa o‘rnini to‘ldirish uchun yangi futbolchi olish ehtiyoji bilan bog‘liq. Mark Gexiga boshqa klublar ham qiziqish bildirgan, ammo ular asosan yozda transfer qilishga qiziqyapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!