"Manchester Siti" markaziy himoyachi chizig‘ida o‘zgarishlarga qo‘l urmoqchi

  • 16.12.2025 18:39
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol

Angliya terma jamoasi va "Kristal Pelas" markaziy himoyachisi Mark Gexi faoliyatini "Manchester Siti"da davom ettirishi mumkin.

Himoya chizig‘ini yanada takomillashtirishni ko‘zlayotgan "shaharliklar" ayni vaqtda ideal sport formasida o‘ynayotgan "Kristal Pelas" sardori Mark Gexini asosiy variant sifatida ko‘rmoqda. Futbolchining yozgi transferlar bozoridagi "Liverpul"ga muvaffaqiyatsiz bo‘lgan transferidan so‘ng, "burgutlar" bilan shartnoma uzaytirmaslikka qaror qilgan edi. Gexi jamoasini almashtirishga tayyor, "Siti" esa uni kuzatib bormoqda. "Manchester Siti" himoya chizig‘ini yangilash bo‘yicha jiddiy tayyorgarlik ko‘rmoqda. Bu yo‘ldagi asosiy variant sifatida aynan 25 yoshli futbolchi ko‘rilyapti. Gexining klub bilan amaldagi shartnomasi kelasi yilning yozida yakuniga etadi. 

Ma’lumot uchun, himoyachi joriy mavsum barcha musobaqalarda umumiy 25 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!